top of page

KONTENT-MARKETING

KONTENT-MARKETING XIZMATI

Bundan ancha ilgari, ya'ni 1996 yilda Maykrosoft korporatsiyasining asoschisi  Bill Geyts “Kontent – bu marketing qiroli” degan edi. Bularning barchasi Gugl kabi qidiruv tizimda mavjud saytlarning kontentini foydalisidan zararlisini ajrata oladigan murakkab algoritmlar yo‘q bir paytida yuz bergan.  


Internet-marketing va ijtimoiy tarmoqlarning ko‘plab turlarining rivojlanishiga qaramasdan, blog postlar, maqolalar, videolar, infografika, podkastlar va sharhlar ko‘rinishidagi sifatli va noyob kontent qidiruv tizimlari va internetdan foydalanuvchilar ko‘z o‘ngida ishonch omilini shakllantirishda asosiy rolni o‘ynashda davom etmoqda.

Yaxshi kontent sizga qanday yordam beradi?

•    Sizning brendingiz ekspertlilik omilini oshiradi
•    Yangi mijozlar jalb etadi va mavjudlarini ushlab turadi
•    Sizning saytingizga organik (tekin) trafik generatsiya qiladi
•    Yangi lidlarni jalb etadi
•    Tashqi havolalar olish imkonini yaratadi (foydalanuvchilarga sizning kontentingiz yoqib qolsa  uni o‘z resurslariga qo‘shishadi yoki uni boshqalarga tavsiya etadi)
•    Sifatli kontent bilan ko‘pincha bo‘lishadilar, bu esa, o‘z navbatida, brendingiz mashhur bo‘lishini osonlashtiradi
•    Qidiruv tizimlarining qidiruv natijalarida yuqori pozisiyalarda paydo bo‘lishingizga sabab bo‘ladi (kontentning foydaliligi hisobiga).
 
Sifatli kontent sifatsizidan qanday farq qiladi?
 
•    U yangi va noyob bo‘ladi (ko‘chirib olingan yoki qayta o‘zgartirib yozilgan emas)
•    U o‘z foydalanuvchilarining “og‘riqli” nuqtalarini qamrab oladi va ularning muammolarini hal qilishni tavsiya etadi
•    U  sizni biror narsadan xabardor qiladi va ko‘ngilochar bo‘ladi
•    U yaxshi tizimga ega bo‘ladi (matn+tasvir, infografika yoki video)
•    U samarali indeksasiya bo‘lishi uchun qidiruv tizimlari (Google, Yandeks, Bing ) uchun optimallashtirilgan bo‘ladi
 
Agar siz biznesingizning o‘ziga xos tomonlarini yoki faoliyat doirangizni yaxshi bilsangiz va hammaning tilidan tushmaydigan kontentni yarata olishingizga amin bo‘lsangiz, aslo shoshilmang. Blogingiz yoki ijtimoiy tarmoqlarga xayolingizga kelgan bir mavzuda har haftada bitta maqola yozish va o‘zingiznini unchalik haqqoniy bo‘lmagan mulohazalaringizni chop etish sizga kutilgan natija olib kelishini kutish samarasiz urinish bo‘lishi mumkin.

Kontent-marketing — bu sizning brendingiz (domeningiz)ni nufuzini organik oshira oladigan, hamda byudjetingizni asosiy qismini biror “iz” qoldirmaydigan  va saytingizning  reytingini ko‘tarish uchun uzoq muddatli qiymat bo‘la olmaydigan  qisqa muddatli  kontekst reklama kampaniyalariga sarf qilib yuborishga  yo‘l qo‘ymaydigan  butun bir tizimdir.

 

Yaxshi kontent yaratish bu – ishning  yarmi.  Uni to‘g‘ri rejalashtirish (kontent-reja), optimallashtirish,   to‘g‘ri formatga kelitrish va samarali tarqatish kerak.  Bu ishda sizga nafaqat o‘zingizning blogingiz, balki ijtimoiy tarmoqlar  (Yutub, Instagram, Feysbuk, Telegram),  foaliyat doirangizlagi saytlar i platformalar yordam beradi. 

 

Agar siz anchadan beri o‘z biznesinizga kontent-marketingni joriy etishni rejalashtirib qo‘ygan bo‘lsangiz, ammo ishni nimadan boshlashni bilmay yurgan bo‘lsangiz, bu ishni samarali va eng kam xarajatlar bilan amalga oshirishga yordam berishimiz mumkin.

Aloqa uchun

 

Tel.:+998 90 177 83 98

META SEO© 2008-2025

  • Telegram
  • Whatsapp
  • Facebook

Bizning mijozlarimiz

bottom of page