SAYT SEO AUDITI
SAYT SEO AUDITI XIZMATI
Saytning SEO auditi - Yandeks, Google va Bing qidiruv tizimlariga samarali indeksasiya bo‘lishi uchun saytingizning texnik xatoliklari va kamchiliklarini aniqlash tadbirlari majmuidir.
Sayt auditiga nimalar kiradi?
-
Sizning domeningiz holatini (Domain Authority, Page Authority, Trust Flow) tekshirish
-
Sayt semantik yadrosini tekshirish
-
Saytingiz va uning sahifalarining meta tavsifi (ma'lumoti) qidiruv tizimlaring qidiruv natijalarining kalit so‘zlariga muvofiqligi
-
Teglarni (H1, H2 i H3) to‘g‘ri belgilash
-
Sayt haritasi (Sitemap) ning mavjudligi
-
Saytdagi rasmlar va boshqa kontentlarni optimallashtirish
-
Saytning mobil versiyasidan foydalanish qulayligi va uning tezligini tekshirish
-
ChPU (inson tushunadigan URL)
-
Ishlamayotgan havolalar va sahifalarni aniqlash (xato 404)
-
Saytning yuklanish tezligi va uning yuklashini sekinlashtiradigan omillarini aniqlash
Saytning texnik tahlili amalga oshirilganidan keyin, uning Google, Yandeks va boshqa qidiruv tizimlari indeksasiyasining eng asosiy 3 faktori (omiliga) qanchalik javob berishini tekshirib ko‘ramiz.
Yaqinda Google mutaxassislari qidiruv tizimlari indeksasiyaning quyidagi eng asosiy uchta omiliga alohida e'tibor qaratishini e'lon qilishdi:
1. Saytning relevantligi
2. Sayt indeksasiyasi
3. Domenning avtoriteti (nufuzi) va sifati
Saytning relevantligi
Saytning relevantligi – internetdan foydalanuvchilarning eng ommaviy so‘rovlariga aniq va to‘liq muvofiq kelishi bilan aniqlanadi.
Foydalanuvchilarning vazifalarini yengillashtirish uchun Google bir necha tilda murakkab so‘rovlar tahlili texnologiyalarini ishlab chiqdi. Endilikda u nafaqat matnni, balki tasvirni ham tahlil qilishi mumkin.
Ayni mana shu innovasion texnologiyalar qidiruv tizimlari o‘rtasida Googlening yetakchilik maqomini saqlab qolishga yordam beradi. BERT va MUM kabi sun'iy intellekt asosidagi neyrotizimlar singari algoritmlar qidiruvga berilgan savollarni tahlil qilish va ularga intuitiv tarzda eng aniq javoblarni qaytarish imkonini beradi.
Sayt indeksasiyasi
Sayt indeksasiyasi deganda saytning texnik tayyorlik darajasi va uni qidiruv tizimlari indeksasiya qilganda (qidiruv tizimlari botlari saytga indeksasiya uchun kirganda) hisobga olinadigan 200 dan ortiqroq faktor (omilg)a muvofiqligi tushuniladi.
Sayt indeksasiyasi quyidagi faktor (omillar)ni o‘z ichiga oladi:
• Saytning mobil versiyasidan foydalanish qulayligi
• Saytning strukturasi
• Yangi kontent
• Eskirgan va dublikat kontentdan tozalash
• SSL (https) xavfsizlik sertifikatidan foydalanish
• Noindex direktivasini to‘g‘ri qo‘llash va Sitemap faylini yangilanish
• Schema Markup mikrobelgilardan foydalanish
Domenning avtoriteti (nufuzi)
Domen avtoriteti (nufuzi) (Domain Authority) ko‘rsatkichi qidiruv tizimlari qidiruv natijalarida (SERP) saytning yuqori o‘rinlarda ko‘rsatilishi indikatori hisoblanadi.
0 dan 100 gacha baholanadigan domen nufuzi ko‘rsatkichini aniqlash uchun o‘nlab faktorlar hisobga olinadi. Ularning ichida eng muhimlari quyidgilar: ichki va tashqi ssilka (havola)lar soni, siz olgan tashqi havolalar joylashgan saytlarning nufuzi, saytdan foydalanish qulayligi, saytning yuklanish tezligi, sifatli kontent, saytni ichki va tashqi optimallashtirilganligi.
Bu nomlar va atamalar sizga murakkab bo‘lib tuyulayotgan bo‘lishi mumkin, lekin bularning barchasi bir maqsad – sizning saytingizga qidiruv tizimlarining nigohida ”ishonch” faktorini oshirish uchun zarurdir.
Agar qidirish tizimlari sizning saytingizni texnik jihatdan mukammalligini va siz foydalanuvchilar uchun yangi va foydali kontent e'lon qilishingizni aniqlasa, ular sizning saytingizga g‘oliblik guldastasini topshirishdan mamnun bo‘ladilar.
Bizga ko‘pincha beriladigan savollar
Sizning SEO bo‘yicha amalga oshirgan ishlaringiz natijalarini qancha vaqtdan keyin ko‘rishim mumkin bo‘ladi?
Bularning hammasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizning biznesingizga taalluqli bo‘lgan saytning holatiga, domeniga va kalit so‘zlar chastotaligiga bog‘liq. Agar domen yangi bo‘lsa, biz tomondan kiritilgan indeksasiya o‘zgartirishlari 6 oygacha vaqtni talab qilishi mumkin.
Bizning ko‘p yillik tajribalarimiz va SEO bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning fikrlariga tayangan holda turli saytlar indeksasiyasi uchun talab qilinadigan vaqtni ko‘rsatib o‘tamiz.
O‘rta chastotali kalit so‘zlar bilan mahalliy, katta va kichik shaharlarni qamrab olgan, masalan: “Almatida go‘zallik saloni” singari saytlar. Saytning indeksasiya bo‘lish muddati 2 – 4 oy.
Yuqori chastotali kalit so‘zlar bilan katta va kichik shaharlarni qamrab olgan saytlar: masalan – “Kaliningradda inter'erning eng yaxshi dizayneri” singari saytlar. Saytning indeksasiya bo‘lish muddati 4 – 6 oy.
Past va o‘rta chastotali kalit so‘zlar bilan butun mamlakatni qamrab olgan saytlar: masalan – “O‘zbekistonda elektrik xizmati” singari saytlar. Saytning indeksasiya bo‘lish muddati 6 – 12 oy.
Butun mamlakatni yuqori chastotali kalit so‘zlar bilan qamrab olgan saytlar: masalan –“O‘zbekistonda saytlar yaratish” singari saytlar. Saytning indeksasiya bo‘lish muddati 12+ oy.
Siz qaysi saysi saytlar va biznes turlari bilan ishlamaysiz?
-
Bir oydan kam muddatda ish boshlagan saytlar bilan;
-
Rivojlanishi 100% SEOga bog‘liq bo‘lgan onlayn do‘konlar bilan ;
-
Faqat past chastotali kalit so‘zlarni qo‘llashni ko‘zlagan saytlar bilan;
-
Bozorda yangi mahsulotni sinab ko‘rayotgan kompaniyalar bilan.
Kimlar uchun SEO ustuvor masala emas?
Past, o‘rta chekda savdo qiladigan, ammo katta miqdorda va tovar pozisiyasi ko‘p bo‘lgan biznesning harqanday turi (masalan, kanselyariya tovarlari) yoki tezkorlik omili mavjud bo‘lgan (masalan, stomatolog tezkor xizmati, dezinfeksiya yoki dezinseksiya xizmati) uchun kontekst reklamaga mablag‘ sarflash SEO ga qaraganda ko‘proq moliyaviy samara beradi.
Agar siz onlayn biznesingizni yangi sifat darajasiga olib chiqishga tayyor bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning. Buni birgalikda qanday amalga oshirish mumkinligini aniqlab olamiz.
