top of page

KONTENT SEO AUDITI

KONTENT SEO AUDITI XIZMATI 

Sifatli, relevant (masalaga aloqador) va foydali kontent ko‘plab mashhur saytlar va platformalar muvaffaqiyatining asosiy omili hisoblanadi. 

Kontent – bu  agar uni to‘g‘ri boshqarsangiz, optimallashtirsangiz va o‘zingizning auditoriyangizga yo‘naltirsangiz, sizning biznesingizga foyda olib kelishi mumkin bo‘lgan uzoq muddatli va g‘oyat qimmatli vositadir.


Ko‘pincha bizga bir necha ming xildagi tovarlarni sotayotgan onlayn do‘konlar murojaat etadi. Ularning asosiy muammolari shundan iboratki, raqiblar Gugl yoki Yandeksning qidiruv natijalarining eng yuqorisida paydo bo‘ladilar, ular esa u tamonga yaqinlasha olishmaydi.

 

Bunday saytlarni tahlil qilganda, texnik kamchiliklardan tashqari yana shu hol ma'lum bo‘ladiki,  ularning tovar kartochkasida tovarlarni tavsifi atigi bir jumla va kattalashtirib bo‘lmaydigan bir necha tasvirdan iborat bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda tovarlarning batafsil texnik tasvifi bo‘lmaydi.

 

Onlayn biznesni yuritishga bunday yondashuv potensial xaridorlarga nafaqat onlayn do‘kon ularning manfaatlarini hisobga olmaganligidan ishora beradi, balki bu raqiblarning tovar va xizmatlar haqida to‘liq va aniq ma'lumot bilan to‘ldiriladigan saytlarga garaganda Gugl va Yandeks qidiruv natijalarida doimiy ravishda past pozisiyada bo‘lishi yoki umuman chetda qolib ketishlariga olib keladi.  
 
Kontent-audit nima?
 
Kontent audit – bu sizning saytingizda joylashtirilgan kontentni optimallashtirish va audit qilish uchun uni tahli qilish va hujjatlashtirish bo‘yicha qator tadbirlardir. Kontent tahlilidan keyingina biz uni yaxshilash, optimallashtirish, yangilash va qayta samarali ishlatish uchun imkoniyatlarni aniqlashimiz mumkin bo‘ladi.
 
Biz nimalarni tekshirib ko‘ramiz?

 

  • Saytning asosiy sahifalarini

  • Lendinglarni

  • Blog postlar va maqolalarni 

  • Video kontentni

  • Tasvirlar va suratlarni 

  • Foydalanuvchilar qo‘llanmalarini 

  • Portfolioni

  • Hisobotlarni 

 
Sizning kontentingiz optimallashtirilganini tekshirishga quyidagilar kiradi:

 

  • Sarlavhalar

  • Taytl teglar

  • Sahifalarning meta sarlavhalari va meta tavsifi (ma'lumoti)

  • ChPU (inson tushunadigan URL) havolalarning to‘g‘ri kiritlagnaligini

  • Kontentni sizning kalit so‘zlaringiz va atamalaringizni hisobga olgan xodlda optimallashtirilganini

Kontent sifatini tekshirishga quyidagilar kiradi:

  • Saytingizdagi suratlar va tasvirlar

  • Ishlamayotgan havola va sahifalar (xato 404)

  • Axborotni taqdim etishning uslubi va tarzi (Tone of Voice)

  • Terminologiyadan foydalanish

  • Foydalanilgan kontentning formati 

  • Sizning kontentingizga sharhlar

  • Onlayn-yordamchilar va saytda paydo bo‘ladigan kompaniya takliflari 

  • Kontentni o‘qish va tushunish qanchalik osonligini 

  • Kontent grammatik xatolari

  • Kontent dolzarbligi

  • Kontentingiz bilan raqiblaringiz ma'lumotlarini solishtirish 

  • Kontentni yaxshilash bo‘yicha takliflar

Kontentingizning texnik tahliliga quyidagilar kiradi: 

 

  • Saytingiz sahifalarini organik traffikni jalb qilishi

  • Kontentni rad etilish (foydalanuvchilar uchun qiziq bo‘lmaslik) ko‘rsatkichi

  • Sahifalarning ichki bog‘likliligi (perelinkovka) 

  • Tashqi havolalar (obratnie ssilki)

  • Kalit so‘zlar va ularning chastotaligi 

  • Sahifalarni yuklanish tezligi 

  • Qidiruv natijalaridagi egallangan o‘rta pozisiya 

  • Sayt va sahifalarda foydalanuvchilarning qancha vaqt o‘tkazishi 

  • Konversiya koeffisienti 

  • Saytdagi tasvirlar hajmi 

 
Yuqorida keltirilgan ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, kontent bu internetdan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha axborot beradigan oddiy matn yoki surat emas, balki sizning brendingizning qimmatli intellektual mahsulotidir.

Coca Cola, Red Bull, GoPro, American Express, Dollar Shave Club singari taniqli va boshqa ko‘plab brendlar o‘zlarining bizneslarini kontentdan to‘g‘ri va strategik foydalanish asosida qurganlar. Bu – onlayn olamida sizning biznesingizga joy qolmagan degani emas, albatta. Maykrosoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts o‘zining mashhur ”Content is King” essesida yozganidek, har bir kompaniya axborot yetkazib berish jarayonida ishtirok etishga teng imkoniyatlarga egadir.   


Agar sizni kontentingizni tekshirish, maqbullashtirish va optimallashtirish ishlari o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lsa, bu – unchalik oson bo‘lmagan va qiziqarli vazifani hal etishda sizga yordam berishdan mamnun bo‘lamiz.

Aloqa uchun

 

Tel.:+998 90 177 83 98

META SEO© 2008-2025

  • Telegram
  • Whatsapp
  • Facebook

Bizning mijozlarimiz

bottom of page